Ma'muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo'zg'atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo'lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lsa, ma'muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to'g'risida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o'tmagan bo'lsa, qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
Yo'l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma'muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay, ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e'tiboran bir yildan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
36-modda. Ma'muriy jazo qo'llanish muddatlari
(36-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 февралдаги ЎРҚ-1116-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.02.2026 й., 03/26/1116/0110-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.