Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish to'g'risidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:
ushbu Kodeksning 51², 51⁸, 51⁹, 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
ushbu Kodeksning 224¹-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari tomonidan.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
346¹-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarorning ijrosini amalga oshiruvchi organlar
(346¹-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish qarorini bajarish vazifasi turli davlat organlariga tayinlangan. Ichki ishlar organlari ko'pchilik huquqbuzarliklarni sodir etgan chet elliklar uchun chiqarib yuborish qarorini ijro etadi. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari esa faqat maxsus huquqbuzarliklar bo'yicha bu qarorni bajaradi.
Kimga tegishli
Bu majburiyat ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlariga tegishli.
Amalda
Agar chet el fuqarosi O'zbekistonda qonun buzsa, masalan, pasportini ko'rsatmasa yoki noto'g'ri ma'lumot bersa, ichki ishlar organlari uning chiqarib yuborish qarorini ijro etadi. Agar u Chegara qo'shinining xavfsizlik qoidalarini buzsa, xizmat o'z qarorini bajaradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.