Ma'muriy javobgarlik kodeksi

341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qarorni ijro etish tartibi

(341-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-597-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 25.12.2019 й., 03/19/597/4193-сон — 2020 йил 26 мартдан кучга киради)

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo'yish yo'li bilan ijro etiladi. Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo'lsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo'yiladi. Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo'yish tartibi esa — O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspektsiyasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.