Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma'muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo'llaniladi.
Basharti shaxs bir necha ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo'lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o'zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko'rib chiqilayotgan bo'lsa, bu shaxsga nisbatan qo'llaniladigan uzil-kesil jazo og'irroq ma'muriy jazoni nazarda tutuvchi sanktsiya doirasida qo'llaniladi.
Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma'muriy javobgarlik belgilangan va ular to'g'risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko'radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo'lsa, unga nisbatan jazo og'irroq ma'muriy jazoni nazarda tutuvchi sanktsiya doirasida qo'llaniladi.
Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 188¹-moddasi) sodir etgan bo'lsa, ish materiallari ko'rib chiqish uchun sudga topshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to'g'risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo'shimcha jazo choralaridan biri qo'shilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
34-modda. Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma'muriy jazo qo'llanish
(34-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 16 апрелдаги ЎРҚ-153-сонли Қонуни асосида тўртинчи ва бешинчи қисмлар билан алмаштирилган — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 16-сон, 117-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.