Huquqbuzar unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o'n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o'ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to'lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to'lashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima solish to'g'risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo'llanilmaydi:
ushbu Kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
332¹-modda. Jarima solish to'g'risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi
(332¹-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1136-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1136/0393-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.