Ma'muriy javobgarlik kodeksi

33-modda. Yengilroq ma'muriy jazo chorasining qo'llanilishi

(33-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 29 январдаги ЎРҚ-463-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.01.2018 й., 03/18/463/0634-сон — 2018 йил 1 апрелдан кучга киради)

Sud ma'muriy jazo chorasini qo'llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko'rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanktsiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo'llashi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash to'g'risidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 308¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.