Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324⁹-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instantsiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, apellyatsiya instantsiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmay qoldirish to'g'risida; 2) birinchi instantsiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida; 3) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to'g'risida; 4) birinchi instantsiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to'g'risida; 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o'zgartirish haqida; 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish to'g'risida. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o'qib eshittiriladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.