Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o'zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to'g'risida qaror chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qarorning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Yangi ochilgan holatlar bo'yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari o'zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o'zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran ko'radi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324⁴⁸-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan qaror
(XXIV¹ боб Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-884-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2023 й., 03/23/884/0967-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.