Code of Administrative Liability

324⁴⁴-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ishda ishtirok etayotgan shaxslar (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatini chiqargan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati chiqarilgan sana; 4) arizachining fikriga ko'ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko'rib chiqish uchun asos bo'ladigan yangi ochilgan holat, hujjatlarga havola qilingan holda; 5) ariza berayotgan shaxsning talabi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak: 1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari; 2) arizachi qayta ko'rib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining ko'chirma nusxasi; 3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Qonuniy kuchga kirgan sud qarori yoki hukmini yangi ochilgan holatlar asosida qayta ko'rib chiqish uchun sudga berilayotgan rasmiy ariza. Bu ariza faqat yozma shaklda, aniq ma'lumotlar va hujjatlar bilan taqdim etilishi kerak. Ariza beruvchi yoki uning vakili imzo qo'yishi shart. Kimga tegishli Bu ariza qonuniy kuchga kirgan sud hujjatiga rozimas'lik bo'lgan har bir shaxs tomonidan berilishi mumkin. Amalda Agar siz sud qarori chiqarilgandan keyin yangi dalil topgan bo'lsangiz (masalan, muhim guvohnoma yoki hujjat), siz sudga yozma ariza bilan murojaat qilasiz. Arizada yangi dalillarni ko'rsatasiz, eski sud hujjatining raqami va sanasini yozasiz, hamda barcha hujjatlarning nusxalarini qo'sasiz.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.