O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarorini o'zgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida;
2) apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instantsiya sudining qarorini o'zgarishsiz qoldirish haqida;
3) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to'g'risida;
4) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarorini o'zgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o'zgartirish haqida;
6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish to'g'risida.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324³⁸-modda. Ishni taftish tartibida ko'rishda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.