Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324²²-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori

Kassatsiya instantsiyasi sudining qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi; 2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy; 3) qaror chiqarilgan ish; 4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi); 5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni; 6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar. Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi. Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e'tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.