Ma'muriy javobgarlik kodeksi

315-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi

(315-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-884-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2023 й., 03/23/884/0967-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo'yicha sudning qarori ustidan esa O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. Shikoyat ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo'llangan sudga yuboriladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to'lashdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.