Code of Administrative Liability

313⁷-modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni

Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o'rinbosari tomonidan imzolanadi. Iltimosnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) iltimosnoma berilayotgan sudning nomi; 2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); 3) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 4) iltimosnomaga asos bo'lgan holatlar; 5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar; 6) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimos, joylashtirish muddatini ko'rsatgan holda; 7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.