Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313³-modda. Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni sudga yuborish tartibi

(313³-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Vakolatli organ (mansabdor shaxs) jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining yarashuv to'g'risidagi arizasini olgach, uch kundan ortiq bo'lmagan muddatda huquqbuzarning roziligiga ko'ra ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqida qaror chiqaradi hamda ishni tegishliligi bo'yicha sudga yuboradi. Qarorning tavsif qismida: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritish uchun asos; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ular tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar haqidagi ma'lumotlar; yarashuv to'g'risidagi arizaning mazmuni hamda huquqbuzarning arizaga nisbatan munosabati ko'rsatiladi. Qarorning qaror qismida: ishni sudga yuborish haqidagi qaror; ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi. Agar ish bo'yicha huquqbuzar sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo'lib, ularning barchasi bilan yarashuvga erishilmagan bo'lsa, yarashuvga erishilmagan huquqbuzarlarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo'yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar vakolatli organning (mansabdor shaxsning) ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqidagi qarorida ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.