Ma'muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) aybdorning o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lishi;
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to'lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta'siri ostida yoki og'ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta'sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta'siri ostida sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
31-modda. Ma'muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.