Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo'lib, uni joyning o'zida tuzishning imkoni bo'lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.
Transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash, transportda yuklarni but saqlashni ta'minlash borasidagi qoidalar, transportda yong'indan saqlash qoidalari, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash-sanitariya qoidalari buzilgan taqdirda huquqbuzar, agar unda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqda zarur ma'lumotlar berishi mumkin bo'lgan guvohlar bo'lmasa, vakolatli shaxs tomonidan ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.
O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunchilik buzilganda bayonnoma tuzish maqsadida, basharti huquqbuzarning shaxsini huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida aniqlash mumkin bo'lmasa, o'simlik va hayvonot dunyosini asrash va undan foydalanish ustidan nazorat olib boruvchi organlarning xodimlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mansabdor shaxslari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari) shunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin. Huquqbuzar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va o'rmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ham ushlab keltirilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning qo'riqlanadigan ob'yektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog'liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, huquqbuzar O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari), ichki ishlar organlari xodimlari yoki harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish uchun O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo'linmalariga, ichki ishlar organlariga yoki harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasining xizmat binosiga ushlab keltirilishi mumkin.
Huquqbuzarni olib kelish iloji boricha qisqa muddatda amalga oshirilishi lozim.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi binosiga olib kelingan shaxs bu yerda bir soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
284-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish
(284-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 19 майдаги ЎРҚ-1146-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2026 й., 03/26/1146/0514-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Huquqbuzarni ushlab keltirish — bu ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bayonnoma tuzish yoki uni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish maqsadida ichki ishlar organiga, gvardiya bo'linmasiga yoki mahalliy hokimiyat binosiga olib kelishdir. Bu jarayon qisqa vaqtda amalga oshiriladi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, ekologiya inspektorlari, o'rmon va baliq muhofaza xodimlari, shuningdek qo'riqlash bo'linmalari xodimlariga tegishli.
**Amalda**
Agar yo'lda avtomobil haydovchisi transport qoidalarini buzsa va shaxsini tasdiqlovchi hujjat olmasa, polis uni ichki ishlar organiga olib keladi. Mahalliy hokimiyat binosiga olib kelingan shaxs bir soatdan ko'p ushlab turilmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.