Ma'muriy javobgarlik kodeksi

271-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

(271-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 майдаги ЎРҚ-1143-сонли Қонунига асосан 11¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.05.2026 й., 03/26/1143/0450-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 5 август)

Quyidagi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim: 1) ma'muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo'q bo'lsa; 2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o'n olti yoshga to'lmagan bo'lsa; 3) g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo'lsa; 4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan bo'lsa; 4¹) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish natijasida qilgan bo'lsa; 5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma'muriy jazo chorasini qo'llanishni bekor qilsa; 6) ma'muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo'lsa; 7) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o'tib ketgan bo'lsa; 8) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo'lsa yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni tugatish to'g'risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo'lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan bo'lsa; 8¹) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga ko'ra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud bo'lmasa, bundan ushbu Kodeks 269³-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; 9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan bo'lsa; 10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan bo'lsa; 10¹) huquqbuzar ushbu Kodeksning 21²-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha jabrlanuvchi bilan yarashgan bo'lsa; 11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 174¹-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida, 175¹-moddasining birinchi qismida, 175³, 175⁴-moddalarida, 175⁵-moddasining birinchi qismida, 176² — 176⁴-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 177¹-moddasining birinchi qismida, 177²-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 178¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179⁴-moddasining birinchi qismida, 179⁵-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 215¹-moddasining birinchi qismida, 227⁸-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida, 227¹⁴-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227¹⁵-moddasining birinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 227¹⁸-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227¹⁹-moddasining birinchi qismida, 227²¹-moddasida, 227²²-moddasining birinchi qismida, 227²³-moddasining birinchi qismida, 227²⁴, 227²⁵ va 227²⁶-moddalarida, 227²⁷-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar yo'l qo'yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog'lig'iga zarar yetkazilgan hollar mustasno. 11¹) ushbu Kodeks 70¹-moddasining birinchi qismida, 72-moddasining birinchi qismida (suvlarni ifloslantirish, shuningdek suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzishga oid qismida), 79-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 85-moddasining birinchi qismida (ifloslantiruvchi moddalarni yo'l qo'yiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlashga oid qismida), 85¹-moddasining birinchi qismida, 88-moddasining beshinchi qismida, 91-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar yuridik shaxsning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan hamda bu atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to'lovlari hisoblanishiga olib kelgan hollarda, yuridik shaxsga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilgan bo'lsa; 12) yo'l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda, transport vositasining mulkdori to'g'risidagi ma'lumot mavjud bo'lmasa; 13) agar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidalari buzilishi to'g'risidagi ma'lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo'lgan shaxsga qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan bo'lsa. 14) agar soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi uch oy ichida soliq hisobotlari o'z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi besh ish kunidan oshmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.