Ma'muriy javobgarlik kodeksi

268²-modda. O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi

(268²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1050-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.03.2025 й., 03/25/1050/0276-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 27 июнь)

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati bo'linmasi boshlig'i haqlidir. O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.