Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227¹, 227², 227⁵, 227⁶, 227⁷, 227¹⁰, 227¹¹, 227¹²-moddalarida, 227¹³-moddasining uchinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi qismida, 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Bojxona organlarining boshliqlari va ularning o'rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma'muriy jazo chorasini qo'llashga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rishga hamda jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
262-modda. Bojxona organlari
(262-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.