O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig'inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo qo'llanishga haqlidirlar:
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo'limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo'limlari boshliqlari;
ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140 -moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspektsiyasining boshlig'i, katta inspektori.
Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig'inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnomalar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo'yadigan tartibda harbiy avtomobil inspektsiyasiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
256-modda. Mudofaa vazirligi organlari
(256-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.