Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqlidir:
mehnat to'g'risidagi qonunchilikni va aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo'yicha davlat inspektorlari, mehnat bo'yicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo'yicha davlat inspektorlari, mehnat bo'yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo'yicha davlat ekspertlari.
Ushbu Kodeksning 201²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat bo'yicha davlat inspektorlari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
255-modda. Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari
(255-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.