Ma'muriy javobgarlik kodeksi

247-modda. Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar

(247-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1035-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1035/0166-сон)

Bolalar masalalari bo'yicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹, va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116¹, 116², 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 183, 185, 185¹, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar faqat o'ziga mazkur huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari bo'yicha komissiyalarga ko'rib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi. Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli bo'lgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ham ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.