Code of Administrative Liability

245²-modda. Adliya organlari

(245²-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning o'rinbosarlari; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i; Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vaziri va uning o'rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o'rinbosarlari. Ushbu Kodeksning 175⁹, 197⁸, 198³, 198⁴, 239, 239¹-moddalarida, 239²-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ko'rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.