Ma'muriy javobgarlik kodeksi

245¹²-modda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspektsiya organlari

(245¹²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 18 март)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspektsiya organlariga ushbu Kodeksning 47², 48, 51¹-moddalarida, 99-moddasining o'n ikkinchi va o'n uchinchi qismlarida, 198⁸, 215⁹-moddalarida, 241⁵-moddasida (litsenziya berishda nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspektsiya organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga Ijtimoiy inspektsiya boshlig'i va uning o'rinbosarlari, Ijtimoiy inspektsiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.