Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi bo'lgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to'g'risidagi ma'lumotlarni, nogironlik guruhidan qat'i nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi o'zgarishlarga oid, ularning tug'ilgan sanasi va joyi to'g'risida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan o'zgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari to'g'risidagi ma'lumotlarni xabar qilmaganligi —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
234-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to'g'risidagi ma'lumotlarni xabar qilmaganlik
(234-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.