Ma'muriy javobgarlik kodeksi

232-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to'g'risida xabar berishni ta'minlamaganlik

(232-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas'ul bo'lgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi bo'yicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to'g'risida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yig'in joylariga o'z vaqtida borishlariga to'sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.