Ma'muriy javobgarlik kodeksi

23-modda. Ma'muriy jazoning turlari

(23-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 февралдаги ЎРҚ-1116-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.02.2026 й., 03/26/1116/0110-сон)

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi ma'muriy jazo choralari qo'llanilishi mumkin: 1) ma'muriy ogohlantirish; 2) jarima; 3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish; 4) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish; 5) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 6) haq to'lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish; 7) ma'muriy qamoqqa olish; 8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish. Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab o'tilgan ma'muriy jazo choralari faqat O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.