Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227⁸-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan g'ayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o'tkazish

(227⁸-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 31 октябрдаги ЎРҚ-577-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2019 й., 03/19/577/3975-сон — 2020 йил 2 февралдан кучга киради)

Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o'tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o'zgartirish, ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o'rovni tuzatish, o'rash, qayta o'rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo'lgan binolar va boshqa joylarni ochish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.