Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227²²-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto'g'ri deklaratsiyalash

(227²²-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон — 2022 йил 6 январдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto'g'ri deklaratsiyalash, ya'ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo'lgan belgilangan yozma, og'zaki yoki boshqa shakldagi ma'lumotlarni bermaslik yoxud noto'g'ri ma'lumotlar berish, ushbu Kodeksning 227⁷, 227¹⁰, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Noto'g'ri ma'lumotlarni ko'rsatish, bu ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to'lovlari miqdori to'g'risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir etmagan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.