Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227²⁰-modda. Tijorat maqsadlari uchun mo'ljallanmagan tovarlar niqobi ostida O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish

(227²⁰-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 31 октябрдаги ЎРҚ-577-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2019 й., 03/19/577/3975-сон — 2020 йил 2 февралдан кучга киради)

Ushbu Kodeks 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo'ljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib o'tish, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.