Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227¹-modda. Bojxona chegarasini kesib o'tganlik to'g'risida yoki tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to'g'risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish

(227¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chog'ida O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o'tganlik to'g'risida yoki tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to'g'risida bojxona organiga xabar bermaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to'g'risida bojxona organiga noto'g'ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatga olingan bo'lsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.