Ma'muriy javobgarlik kodeksi

225-modda. O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzish

(225-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1074-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1074/0596-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 12 октябрь)

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzishi, ya'ni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim bo'lgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishning, ko'chishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan bo'yin tovlashi, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o'tish qoidalariga o'n sutkagacha rioya etmaganligi. bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini o'n sutkadan ortiq, ammo o'ttiz sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini o'ttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasida bo'lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, — mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan O'zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishini, shuningdek ularning bu yerda bo'lishning belgilangan muddati o'tgach chiqib ketishini ta'minlash yuzasidan choralar ko'rilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa xizmatlar ko'rsatish, agar bu O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan jarimani to'lamagan taqdirda, ular keyinchalik O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzishni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.