Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob'yekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to'sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto'g'ri ko'rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
215⁸-modda. Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish
(215⁸-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 19 июндаги ЎРҚ-933-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.06.2024 й., 03/24/933/0428-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.