Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, bundan ushbu Kodeksning 215⁹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
215⁵-modda. Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish
(215⁵-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 18 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.