Xo'jalik faoliyati sub'yektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi;
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Standartlar va o'lchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo'lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to'xtatib qo'yish to'g'risidagi ko'rsatmalarini bajarmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
212-modda. Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik
(212-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Texnik reglament va standartlar — bu mahsulot, xizmat yoki faoliyatning xavfsizligi, sifati va muvofiqligi haqidagi majburiy qoidalar. Agar kompaniya yoki shaxs bu qoidalarga amal qilmasa, masalan, xavfsiz bo'lmagan tovar ishlab chiqarsa yoki sotsa, bu huquqbuzarlik hisoblanadi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek davlat inspektorlariga tegishli.
Amalda
Kompaniya standartga muvofiq bo'lmagan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradi. Inspeksiya buni aniqladi va mahsulotni sotishni to'xtatib qo'yishni buyuradi. Kompaniya bu buyruqqa amal qilmasa, unga bazaviy hisoblash miqdorining ikki-uch baravari miqdorda jarima solunadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.