O'ta muhim va toifalangan ob'yektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, ya'ni tegishli ruxsatnomasiz o'ta muhim va toifalangan ob'yektlarga shaxsning o'zboshimchalik bilan kirishi, ushbu ob'yektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini o'zgartirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O'ta muhim va toifalangan ob'yektlarning qo'riqlanishini ta'minlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas'ul bo'lgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
210¹-modda. O'ta muhim va toifalangan ob'yektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob'yektlarning qo'riqlanishini ta'minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
(210¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.