Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor etish), 46¹-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (oz miqdorda talon-taroj qilish), 61²-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 62-moddasida (topib olingan mol-mulkni yashirish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo'jalik ekinlarining dalada to'plab qo'yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo'q qilib yuborish, ko'chatlarga shikast yetkazish), 121-moddasida (transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo'l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo'l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik), 200-moddasida (o'zboshimchalik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o'z aybiga iqror bo'lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to'g'risida qaror chiqaradi va ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 313¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
21²-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish
(21²-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 октябрдаги ЎРҚ-972-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.10.2024 й., 03/24/972/0785-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.