Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risidagi, fuqaro muhofazasi to'g'risidagi qonunchilik, shuningdek xavfli geologik jarayonlarning oldini olish yuzasidan vakolatli davlat organining ko'rsatmalari talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sog'lig'iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar to'g'risidagi axborotni yashirish, o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
204¹-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to'g'risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
(204¹-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 август)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.