Code of Administrative Liability

200²-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish

(200²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-667-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/667/0035-сон)

Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qo'yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo'yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o'rni oldindan va to'liq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga ko'p bo'lmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ko'p bo'lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo'lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.