Ma'muriy javobgarlik kodeksi

198¹-modda. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi

(198¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 4 июлдаги ЎРҚ-851-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.07.2023 й., 03/23/851/0447-сон)

Bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to'g'risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmasligi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ko'p miqdordagi summani undirish to'g'risidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmasligi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaga asosan solinadigan ma'muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.