Davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi o'z vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga to'sqinlik qilish, ularga ataylab soxta ma'lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan parlament so'rovini, deputat, senator so'rovini ko'rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto'g'ri ma'lumotlarni qasddan taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
193-modda. Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish
(193-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.