Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g'ilofsiz) holda olib yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek o'zini o'zi himoya qilish maqsadida olib yurish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
185²-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni olib yurish
(185²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1133-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1133/0379-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sovuq qurol yoki unga o'xshash nozik buyumlarni (pichoq, baliq uyali va h.k.) jamoat joylarida ochiq ko'rinishda olib yurish taqiqlanadi. Agar bu buyumlarni ov, sport yoki uy ishida foydalanish maqsadida olib yursangiz, jarima to'lashingiz kerak bo'ladi. Takror huquqbuzarlik qilsangiz, jarima yanada ko'payadi yoki qamoqqa olishingiz mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu qoida barcha fuqarolar va O'zbekistonda bo'lgan shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Agar siz pichoqni uy ishida foydalanish uchun olib yursangiz, bu ruxsat. Lekin uni jamoat transportida yoki bozorda ochiq ko'rinishda olib yurish mumkin emas — jarima to'lashingiz kerak bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.