Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O'zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko'zlamay turib vaqtida yoxud to'liq o'tkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o'n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o'n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n ikki baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
(171-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1138-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1138/0397-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.