Ma'muriy javobgarlik kodeksi

17¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi

(17¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 февралдаги ЎРҚ-1116-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.02.2026 й., 03/26/1116/0110-сон)

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yo'lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yo'lovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128¹, 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁹, 128¹⁰, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar qayd etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yo'l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo'l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo'l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Agar ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g'ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o'ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidabuzarliklari uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo'l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma'muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yong'in-qutqaruv bo'linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Yo'l harakati qoidalari buzilganligi to'g'risidagi ma'lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo'lgan shaxsga yo'l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to'siqsiz o'tib ketishi uchun yo'l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma'muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.