Ma'muriy javobgarlik kodeksi

163-modda. Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish

(163-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 13 мартдаги ЎРҚ-822-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2023 й., 03/23/822/0143-сон — 2023 йил 15 июндан кучга киради)

Vodoprovod tarmoqlariga (suv ta'minoti tarmoqlariga) o'zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo'lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv ta'minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta'minoti tarmoqlariga) ulash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o'g'irlash bilan bog'liq harakatlar sodir etilganda qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.