Ma'muriy javobgarlik kodeksi

16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma'muriy javobgarligi

(16-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma'muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikni, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni, yo'l harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan shaxslarga nisbatan ma'muriy qamoqqa olish choralari qo'llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to'g'risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollarda, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo'ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.