Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o'tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, —
kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
155⁴-modda. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.