Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog'lig'ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta'minlash o'z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma'muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo'yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat'i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma'muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e'tirof etiladi.
Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish ko'rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o'z vakolatlari doirasida ko'pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo'lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo'lgan shaxs hokimiyat vakili deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
15-modda. Mansabdor shaxslarning ma'muriy javobgarligi
(15-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ-391-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 33-сон, 439-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.