Ma'muriy javobgarlik kodeksi

148-modda. Temir yo'llar va avtomobil yo'llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish

(148-модданинг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-951-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/951/0673-сон)

Temir yo'llar va avtomobil yo'llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo'l organlari va yo'l organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, o't o'rish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog'och ko'priklardan 100 metrgacha bo'lgan masofada olov yoqish, yog'och ko'priklar va taxta to'shamali ko'priklarda chekish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to'rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.