Ma'muriy javobgarlik kodeksi

142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish

(142-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Temir yo'l, havo va suv transportida qo'l yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo'y moddalar va ashyolarni topshirish — ana shu moddalar va ashyolarni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yib yoki olib qo'ymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.